Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 18:30 / 22.06.2015
2786
1 daqiqa o‘qiladi
Microsoft YouTube bo‘yicha qidiruv tizimini ishga tushirdi
Microsoft kompaniyasi Bing qidiruv tizimining YouTube bo‘yicha video qidirish funksiyasini takomillashtirdi. Bu haqda TheVerge.com sayti xabar bermoqda.
Qidiruv natijalari katta prevyular qiyofasida gavdalantiriladi. Shuningdek, foydalanuvchi video nima haqida ekanligini tushunishi uchun kursor olib borilganda uning dastlabki bir necha soniyasi namoyish etib beriladi. Bundan tashqari, rolik haqida boshqa turdagi ma'lumotlar ham chiqarib beriladi.