19:53 / 22.06.2015
4264

O‘zbekiston fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi Paktning bajarilishi bo‘yicha hisobot beradi

O‘zbekiston hukumati 8-9 iyulda BMTning Jyenevadagi inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi sessiya davomida fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi Paktning bajarilishi bo‘yicha hisobot beradi.

Dunyoning 168 davlati BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1966 yilda qabul qilinib, 1976 yilda kuchga kirgan ushbu Paktning ishtirokchilari hisoblanadi.
18 nafar mustaqil ekspertlardan tashkil topgan inson huquqlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekistondan tashqari, Buyuk Britaniya, Venesuela, Ispaniya, Kanada, Makedoniya va Fransiyaning pakt bo‘yicha hisobotlarini qo‘rib chiqadi.

Top