Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patrushev: AQSh Ukrainada davlat to‘ntarishi uchun 5 mlrd dollar sarflagan
AQSh Ukrainada sodir bo‘lgan “davlat to‘ntarishi”ga 5 mlrd dollar ajratib, bu bilan tashkiliy masalalarni hal qilgan. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev “Kommersant'” gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“AQShning o‘zi Ukraina inqilobining tashabbuskoridir... Ularning o‘zi bu voqealarni tashkil qilgan. Intervyularidan birida Barak Obama buni tan oldi”, – uning so‘zlarini keltiradi gazeta.
“Ukrainada hukumat almashishi u yerda bo‘lib o‘tgan voqealar uchun zamin hozirladi. AQSh davlat kotibining yordamchisi bor, Viktoriya Nuland, u AQSh bu ishlarga 5 mlrd dollar sarflaganini aytdi”, – qo‘shimcha qildi u.
Patrushevning fikricha, mamlakatda barqarorlikni buzish Rossiyani kuchsizlantirishga qaratilgan harakat bo‘ldi. Bundan tashqari, shu yo‘l bilan Yevropa Ittifoqi davlatlarini murakkab vaziyatga qo‘yib, ular ustidan nazoratni yo‘qotmaslik masalasi hal qilingan.