Sport | 06:04 / 22.06.2015
1297
1 daqiqa o‘qiladi

Pirlo “Nyu-York Siti” bilan shartnoma imzoladi

“Yuventus” yarimhimoyachisi Andrea Pirlo “Nyu-York Siti” jamoasiga o‘tadi, deb xabar bermoqda Goal.com.

Nyu-Yorkda beysbol uchrashuviga tashrif buyurgan 36 yoshli yarimhimoyachi “Nyu-York Siti”ga o‘tishi bo‘yicha barcha shartlarni kelishib oldi.

O‘yinchining transferi haqida rasman 26 iyunda e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Pirlo “Yuventus”ga 2011 yilda “Milan”dan o‘tgan. 2006 yilgi Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan futbolchi 2014-2015 yilgi mavsumda jamoa safida 33ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish