07:53 / 22.06.2015
3193

Pokistonda hukm surayotgan issiq harorat oqibatida 122 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda hukm surayotgan anomal issiq harorat oqibatida kamida 122 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatning janubiy qismidagi ba'zi hududlarda termometr ustuni 45 gradusni ko‘rsatmoqda. Ko‘pchilik qurbonlar – 114 kishi mamlakat poytaxti Karachi shahrida vafot etgan

Sind viloyati sog‘liqni saqlash vaziri Said Magnejoning aytishicha, 20 iyunda issiq urishidan Karachida 114 kishi va yana 8 kishi Sind viloyatining uch tumani – Sibi, Txarparkar va Shekxupurda halok bo‘lgan. Vazirning ta'kidlashicha, viloyatdagi barcha shifoxonalarda favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan. Shifokorlarga ish joylarini tark etish taqiqlab qo‘yildi. Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, Pokistonda issiq harorat yana bir necha kun davom etishi mumkin.

Iyun oyi boshida mamlakat janubida havo harorati 47 gradus issiqqa ko‘tarilgan edi, o‘shanda 25 kishi halok bo‘lgan.

Top