15:24 / 22.06.2015
1801

Qirg‘izistonda 3 nafar ispaniyalik alpinist ko‘chki tufayli halok bo‘ldi

Ispaniya fuqarolari bo‘lgan uch nafar alpinist Qirg‘izistondagi qoyalarda ko‘chki yuz berishi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Assosheyted Press xabar bergan.

Halok bo‘lganlarning 18 yoshdan 24 yoshgacha ekanligi aytilgan. Bu falokat aynan qayerda ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan.

Bu alpinistlar guruhida jami 10 kishi bo‘lgani ma'lum qilingan. 7 nafar alpinist hech qanday jarohat olmagan.

Top