Jahon | 19:11 / 22.06.2015
2763
1 daqiqa o‘qiladi

Qodirov Grozniy shahriga qahramonlikning berilishini “adolatning qaror topishi” deb hisoblaydi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Grozniyga “Harbiy shuhrat shahri” unvonining berilishini chechen xalqiga nisbatan “adolatning qaror topishi” deb atadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Prezidentimiz, oliy bosh qo‘mondon tufayli adolat qaror topdi va shaharga harbiy shuhrat unvoni berildi. Biz bu bilan faxrlanamiz, chechen xalqi baxtiyor va davlatimizga, oliy bosh qo‘mondonimizga xizmat qilishga tayyor”, – ta'kidlab o‘tdi u.
Ilgariroq Putin Grozniyga “Harbiy shuhrat shahri” unvoni berilishi to‘g‘risidagi yorliqlarni Xotira kunida Grozniy shahri vakillariga topshirgan edi. Marosim Kremlning Yekaterina zalida bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish