17:18 / 22.06.2015
3695

Qozog‘iston Xalqaro savdo tashkilotiga a'zo bo‘ladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikaning Xalqaro savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi borasida 19 yil davom etgan muzokaralarning yakunlangani yuzasidan xalqqa murojaat qildi. Bu haqda Novosti-Kazaxstan axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bugun Jyenevada ishchi guruhning oxirgi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda Qozog‘istonning Xalqaro savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishi borasidagi muzokaralarning yakunlangani rasman e'lon qilindi. Bu biz uchun tarixiy voqea bo‘ldi. Qozog‘iston tashkilotga a'zo bo‘lgan 162-davlat bo‘ldi. Dunyoning barcha yirik iqtisodiyotlarini Qozog‘istonni yaxshi investitsion muhitga ega, savdo siyosatini xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq olib boradigan mamlakat deb tan oldi”, – deyiladi murojaatda.
Nazarboyevning fikricha, tashkilotga a'zolik mamlakat oldida yangi imkoniyatlar ochib beradi, jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tashkilotga a'zo bo‘lgan barcha davlatlarning ichki bozoriga barcha eshiklar ochiladi.

Top