Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rejissyor Sa'dulla Abdullayev Amir Temur haqida film olmoqchi
Rejissyor sifatidagi faoliyatini 1996 yilda Rustam G‘oyipovning Amir Temur haqidagi “Qalbim to‘rida” qo‘shig‘iga klip suratga olishdan boshlagan Sa'dulla Abdullayev sohibqironga bag‘ishlangan film olish niyatidaligini bildirgan. Bu haqda u “Sabo” gazetasiga ma'lum qilgan.
“Amir Temur ulug‘ sarkarda, yetti yoshida Qur'onni yodlagan olim odam. Yetmish yoshida ham jang maydoniga birinchi kirib borgan. U mag‘lub etilgan jang bo‘lmagan. Uni dunyoga madh etib, faxrlansak arziydi. Filmni Gollivud darajasida ishlashga harakat qilaman” deya fikr bildirgan rejissyor.
Ma'lumot o‘rnida: Sa'dulla Abdullayev 1999 yildan buyon “ Sen aziz va muqaddassan, ayol” dasturini tashkillashtirib keladi. U 2014 yilgi “E'tirof” milliy mukofotini topshirish marosimi, shu yil bo‘lib o‘tgan Ozodbek Nazarbekov konsertining rejissyori hisoblanadi.