Jahon | 23:33 / 22.06.2015
2671
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi birinchi marta bid'atchilardan kechirim so‘radi

Rim papasi Frantsisk g‘arbiy nasroniylikda kichik diniy yo‘nalish vakillari – valdenslarning bid'atda ayblanib katolik cherkov tomonidan taqib qilingani uchun kechirim so‘radi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

“Katolik cherkov nomidan biz sizlarning e'tiqodingizga nisbatan nasroniy bo‘lmagan va hattoki insonlarga xos bo‘lmagan munosabat va xatti-harakat uchun kechirim so‘rayman. Tangri haqqi bizni kechiring”, deb aytdi Frantsisk.

Italiya valdenslari yetakchilaridan biri Eujyenio Bernardini Frantsiskning bu uzrini “tarix ostonasini xatlab o‘tish” deb atadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish