Jamiyat | 14:20 / 22.06.2015
3150
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya tojikistonlik narkodilerni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Rossiya bosh prokuraturasi Tojikiston fuqarosi bo‘lgan Komil Nurillayevni O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlariga jinoiy javobgarlikka tortish uchun topshirish haqida qaror qabul qildi.
 
O‘zbekiston tomoni Nurillayevni giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblagan.
 
Rossiya politsiyasi Nurillayevni O‘zbekistonda jinoyatni amalga oshirib ketganidan keyin, 2015 yilning aprelida Surgut shahrida qo‘lga olgandi.
 
Ushbu jinoyatchiga nisbatan 10 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatdagi qamoq jazosi hukm qilinishi kutilmoqda.
 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish