Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburg yaqinida avtomobil losni urib yuborishi oqibatida boshqa mashinadagi haydovchi halok bo‘ldi
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Volosovsk tumani hududidagi yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil losni urib yubordi. Natijada berilgan zarbadan havoga uchgan jonivor qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan avtomobil tomiga tushgan va haydovchining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda mahalliy organlarga asoslangan holda 47news.ru xabar bergan.
Ma'lum bo‘lishicha, 22 iyunga o‘tar kechasi "Rogovitsy-Kalatino" yo‘lining birinchi kilometrida BMW 730 rusumli mashina losni urib yuborgan. Los esa qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Audi A4 rusumli mashina ustiga tushib, haydovchining o‘limiga sabab bo‘lgan.