18:39 / 22.06.2015
2320

Toshkentda xalqaro yoga kuni nishonlandi

21 iyun - Xalqaro yoga kuni munosabati bilan Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi va Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyat markazi tomonidan BMTning Toshkentdagi axborot idorasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ma'lumot uchun, Xalqaro yoga kunini 21 iyunda nishonlash BMTning 2014 yilning 11 dekabridagi rezolyutsiyasiga binoan joriy qilingan.

Top