Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Bugun 22 iyun kuni Toshkentga Tojikiston hukumati delegatsiyasi tashrif buyuradi. Ular savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etadi.
Komissiyaning O‘zbekiston tomonidan raisi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov, Tojikiston tomonidan esa bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Davlatali Said bo‘ladilar.
Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy bazasi 113 shartnoma va kelishuvlardan iborat bo‘lib, ular 1992 yildan buyon turli darajadagi aloqalar munosabati bilan imzolangan. Ushbu hujjatlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning deyarli barcha tomonlarini qamrab oladi. Asosiy hujjatlar 1993 yil 4 yanvarda Toshkentda imzolangan do‘stlik, qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi hamda 2000 yil 15 iyun kuni imzolangan ikki davlat o‘rtasidagi abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomalardir.