13:58 / 22.06.2015
2425

Toshkentning ba'zi qabristonlarida yillab tozalash ishlari olib borilmayapti

Toshkentning ba'zi qabristonlarining qarovsiz joylarida axlat yig‘ilib, issiqdan qovjirab ketgan o‘t-o‘lan juda xunuk manzara hosil qilmoqda.

“Toshkent qabristonlarining umumiy maydoni 520 gektarni tashkil qiladi. Bu kichkina maydon emas. Bu yerlarni obodonlashtirish – har bir toshkentlikning vazifasidir”, deb yozmoqda “Toshkent oqshomi” gazetasi.

Bundan tashqari, xato bilan yozilgan qabrtoshlar ham uchramoqda.

“Toshkent oqshomi”ning yozishicha, bu qabrtoshlarni tartibga solib, ularda ixcham xotira so‘zlari qoldirishga odatlanish lozim.

Top