13:17 / 22.06.2015
15795

UyBor.uz saytida kvartiraning narxini aniqlab beruvchi yangi xizmat ishga tushirildi

Ko‘chmas uy oldi-sotdisiga ixtisoslashgan UyBor.uz sayti mijozlarga yangi xizmat turini taqdim etmoqda. Endilikda Toshkent shahrida joylashgan uyning yoki xonadonning narxini ushbu saytda hisoblab chiqish mumkin bo‘ladi. Bunga ishga tushirilgan yangi xizmat – bozor narxi kalkulyatori yordam beradi.

“Toshkent shahridagi xonadonning bozor narxi kalkulyatori” xizmatidan faqatgina UyBor.uz saytida foydalanish mumkin. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ushbu yangilik sayt foydalanuvchilariga, uy-joy va ko‘chmas mulk qidirayotgan yoki uy sotishni istagan odamga uydan chiqmay, uyda o‘tirib narx-navolarni chamalash imkonini beradi.

Ilova berilgan parametrlar bo‘yicha (maydon, manzil, xonadonning turi va h.k.) Toshkent shahrida joylashgan xonadonning taxminiy narxini hisoblab chiqishga yordam beradi. Hisob-kitob natijalari Toshkent ko‘chmas mulk bozoridagi joriy narxlarni aks ettiradi hamda potensial xaridorlar yoki sotuvchilar uchun mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.

UyBor.uz sayti bozorda taklif qilinayotgan narxlarni asosiy ta'sir omillarini hisobga olgan holda har oy o‘rganib boradi. Xonadon narxini chiqarish formulasi saytning intellektual mulki hisoblanib, O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori professional ishtirokchilari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Xizmat, birinchi galda, Toshkent shahridagi xaridorlar va sotuvchilarga, shuningdek, o‘z xonadonining narxiga qiziqadigan barchaga foydalidir.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi yo‘llanma orqali o‘tib http://uybor.uz/uz/tseni-kvartir-v-tashkente, ochilgan sahifadagi barcha satrlar to‘ldiriladi, “baholash” tugmasining bosilishi bilan natijalar kelib chiqadi.

Xizmat bepul asosda ko‘rsatiladi. U hozircha faqatgina Toshkent shahridagi xonadonlarning narxini hisoblab chiqarish imkonini beradi. Kelajakda UyBor.uz sayti xizmat sifatini va ko‘lamini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Top