21:02 / 22.06.2015
2342

Xolo kompaniyasi 5 dyuymli HD-displeyga ega 110 yevrolik smartfonni taqdim etdi

Xolo kompaniyasi o‘zining Android 5.0 (Lollipop) tizimida ishlovchi Cube 5.0 smartfonini taqdim etdi.

Unga 1,3 GGts taktli chastotada ishlaydigan 4 yadroli MediaTek MTK6582M protsessori hamda Mali 400 MP2 (500 MGts) grafik kontrolleri o‘rnatilgan. Tezkor xotira hajmi 1 GB, doimiy xotirasi esa 8 GBga teng.

Cube 5.0 IPS texnologiyasida bajarilgan 5 dyuymli displeyga ega. Shuningdek, unga 8 Mpli asosiy hamda 2 Mpli old kamera o‘rnatilgan. Smartfon ikki SIM-karta bilan ishlash xususiyatiga ega.

Xolo Cube 5.0 uch xil: oq, qora hamda tillarangli ko‘rinishda taqdim etiladi. Smartfonning narxi 110 yevro deb belgilangan.

Top