09:14 / 22.06.2015
2080

Yaponiya Futbol uyushmasi 2002 yilgi JCh mezbonligi uchun pora berilgani haqidagi ayblovni rad etdi

Yaponiya Futbol uyushmasi 2002 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik uchun kurashish davomida Janubiy Amerika konfederatsiyasi vakillarining ovozi uchun pora berilgani haqidagi ayblovlarga e'tiroz bildirdi. Bu haqda Bild nashri xabar qildi.
 
"O‘sha vaqtda biz hech kimga bu maqsadda pora taklif qilmaganmiz", deydi uyushmaning sobiq prezidenti Dzyundzi Ogura.
 
Shuningdek, uyushmaning amaldagi rahbari Kodzo Tasima ham bu holat haqida hech nima bilmasligini aytgan.
 
Top