Texnologiya | 15:24 / 23.06.2015
1465
5 daqiqa o‘qiladi

Beeline‘ning “Uchinchi avlod-2015” dasturi bo‘yicha 16 ishtirokchi kompaniyada amaliyot o‘tashga kirishmoqda

O‘zbekiston aloqa operatori Beeline “Uchinchi avlod-2015” dasturining barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 ishtirokchi kompaniyada amaliyot o‘tashga kirishmoqdaliklari haqida xabar beradi. 2015 yilda dastur VimpelCom‘ning “Make Your Mark” global loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Yetti yildan beri Beeline yosh va iqtidorli yoshlarning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib kelmoqda. So‘rovlar qabul qilinish paytida belgilab o‘tganimizdek, innovatsion kompaniyada ishlashga yoshlarda katta qiziqish bor. Ishonaman, biz tanlagan 16 ishtirokchi kasbiy yuksakliklarga yetishish uchun barcha kuchlarini to‘playdilar”.

Bu yili Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari “Uchinchi avlod” amaliyotchilariga aylandilar. Tijorat, texnik, axborot texnologiyalari, yuridik xizmati, jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha bo‘limlarida Beeline‘ning amaliyot o‘tash dasturi ochildi.

“Dastur haqida o‘tgan yili ham o‘qib, ham maxsus grafik bo‘yicha Beeline‘da amaliyot o‘tagan kursdoshimdan xabar topdim, – deydi O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika va matematika fakultetining IV-kurs talabasi Anastasiya Bulatova. – Meni tanlab olishganlaridan mamnunman, va kelajagimni aynan shu kompaniya bilan bog‘layman. Qiziq bo‘lishiga ishonaman, chunki saralash bosqichi ham texnologik o‘tdi. So‘rovnomani internet orqali to‘ldirib jo‘natdim, imtihon butunlay kompyuterlashtirilgan edi. Bu innovatsion kompaniya ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi, va uning ishonchli va kelajagi bor ish beruvchi ekaniga ishonaman”.

Amaliyot o‘tash bir yil davom etib, ikkita bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich iyundan avgust oyigacha davom etib, talabalarga ta'til paytida tanlangan bo‘linmada to‘liq bandlik bilan amaliyot o‘tashga imkon beradi. Amaliyot o‘tash dasturining ikkinchi bosqichiga o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatgan, ko‘proq darajada samarali bo‘lgan talabalar o‘tadi. Ular kompaniyada bu yilning sentabr oyidan 2016 yilning iyun oyigacha, ham ishlab, ham o‘qish imkoniyatini ta'minlagan holda, mahsus moslashtirilgan grafik bo‘yicha ishlashni davom ettiradilar.

***

Beeline brendi O‘zbekiston respublikasi hududida MChJ Unitel‘ning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yil 25 sentabr kuni boshlangan. Hozirgi kunda kompaniya O‘zbekiston GSM -operatorlari qatorida yyetakchi o‘rinni yegallab kelmoqda. 2015 yilning I choragi natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 10 356 000 kishini tashkil qildi. 2006 yil 12 sentabrdan boshlab “Unitel” MChJ “Beeline” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2008 yil 2 dekabr kuni “Unitel” kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 3G tarmog‘i ishga tushirilishi to‘g‘risida e'lon qildi. 2014 yilning 4 sentabr kuni Beeline O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi.

Batafsil ma'lumotlar uchun:

Unitel MChJ Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari:

Oraz Abdurazakov

+99890 373-00-43, [email protected]

Facebookda biz bilan birga bo‘l: www.facebook.com/beeline.uz

Twitterda bizdan boxabar bo‘lib tur: www.twitter.com/beeline_uz

“Odnoklassniki”da bizni muhokama qil: www.ok.ru/beeline_uz

Instagram’da fotosuratlarni tomosha qil: www.instagram.com/beeline_uzbekistan

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish