Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya Ramzon Qodirovning tulporlari g‘alabasidan oladigan daromadlarni muzlatib qo‘yadi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Chexiyada bo‘ladigan musobaqalarda o‘zining poyga otlari g‘alabasidan oladigan daromadini ololmaydi, deb xabar bermoqda “TASS” axborot agentligi.
“Bu faoliyatdan olinadigan barcha daromadlar mulkni boshqarish va saqlash uchun ishlatiladi. Agar daromadlar sarf-xarajatlardan ko‘proqni tashkil qilsa, ular sanksiyaga tushgan sub'yektga berilishi mumkin emas. Bu daromadlar Chexiya hududida muzlatib qo‘yiladi”, deb aytildi Chexiya Moliya vazirligida.
Praga bu chora-tadbirni Chexiyada o‘nlab poyga otlariga egalik qiluvchi Qodirovga nisbatan individual sanksiyalarning uzaytirilishi bilan tushuntirdi. 2014 yil aprelda Checheniston rahbariga tegishli otlar nufuzli poygalarda g‘olib bo‘lgan edi.