22:39 / 23.06.2015
2058

Gmail elektron pochta xizmatida xatni jo‘natishni bekor qilish funksiyasi paydo bo‘ldi

Google kompaniyasining Gmail elektron pochta xizmatida xatni bekor qilish funksiyasi paydo bo‘ldi, deb ma'lum qilmoqda Venture Beat.

Yangi funksiya foydalanuvchi xatni yuborish tugmasini bosishi va bevosita xatning yuborilishi orasida 5-30 soniyalik interval yaratadi. Bu vaqt oralig‘ida foydalanuvchi xatni yuborishni bekor qilib, kerakli tuzatishlarni kiritishi mumkin bo‘ladi.

Bu funksiya beta-versiya sifatida uzoq vaqt davomida amal qilgan. Avvalroq xatni yuborishni bekor qilishning final versiyasidan Android smartfonlaridagina foydalanish mumkin edi.

Top