Sport | 08:13 / 23.06.2015
2828
1 daqiqa o‘qiladi

Koloskovning Alisher Usmonov va Blatter uchrashuvlari haqidagi ma'lumoti rad etildi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmanovning matbuot xizmati Rossiya Futbol ittifoqining sobiq prezidenti Vyacheslav Koloskovning FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter rossiyalik oligarxlar bilan bir necha bor uchrashgani haqidagi aytgan so‘zlarini rasman rad etdi.

“Bu tasdiq umuman haqiqatga mos kelmaydi. Koloskov nima uchun Usmonovni “oligarx” deb atayotgani umuman tushunarsiz. Usmonov Koloskovni Sobiq ittifoq sport qo‘mitasi xokkey boshqarmasida telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berib o‘tirgan oddiy futbol funktsioneri deb hisoblamaydi, unga hurmat bilan qaraydi va Koloskov rossiyalik tadbirkor Usmonovga hech qanday aloqasi bo‘lmagan “oligarx” atamasini ishlatishini tushunmayapti.

Bundan tashqari, Alisher Usmonov, afsuski, hech qachon Blatter bilan uchrashmagan va u bilan tanish ham emas”, deb ta'kidlamoqda tadbirkor matbuot xizmati.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish