16:01 / 23.06.2015
4031

Kun fotosi: Endi qaytmaydigan "Parma"

22 iyun kuni Italiya futboli tarixida yorqin iz qoldirgan, 2 marta UYeFA Kubogini qo‘lga kiritgan va ichki chempionatdagi eng sovrindor jamoalardan biri sanalgan "Parma" jamoasi moliyaviy inqiroz tufayli bankrot bo‘lgan jamoa sifatida havaskor ligaga tushirib yuborildi. Jamoani sotib olish va uning qarzini to‘lashga hech kim rozi bo‘lmadi.

Bu suratda "Parma"ning eng kuchli davridagi tarkibi aks etgan. Unda 1998-1999 yillar mavsumida Moskvada o‘tkazilgan UYeFA Kubogi finalida "Marsel"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan futbolchilar tasvirlangan.

Yuqorida: Roberto Sensini, Lilian Tyuram, Paolo Vanoli, Alen Bogossyan, Xuan Sebastyan Veron, Dino Badjo, Janluidji Buffon;

Quyida: Enriko Keza, Fabio Kannavaro, Ernan Krespo, Diyego Fuzer.

Top