07:59 / 23.06.2015
1399

Laporta "Barselona" prezidentligiga saylansa, Pogbani jamoaga 2016 yilning yanvaridayoq olib kelishga va'da berdi

"Barselona" prezidentligi uchun saylovda ishtirok etadigan nomzodlardan biri Joan Laporta "Yuventus"ning fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Sky Sport Italia nashrining ma'lum qilishicha, Laporta "Barselona" prezidentligiga saylanadigan bo‘lsa, FIFA tomonidan jamoaga yangi futbolchilarni sotib olib, qaydnomadan o‘tkazish bo‘yicha qo‘yilgan taqiq yakuniga yetishi bilanoq, ya'ni 2016 yilning yanvarida Pol Pogbani Kataloniyaga olib keladi.

Biroz oldinroq, jamoa prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etuvchi nomzodlardan yana biri Agusti Benedito ham Pogba va "Yuventus" rahbariyati bilan gaplashgani, 22 yoshli bu futbolchi yiliga 12 mln yevrolik maosh olishini xohlayotgani, turinliklar esa futbolchining transferidan 80 mln yevro ishlash niyatidaligi haqida bildirgandi.

Shuningdek, Pogba Yevro-2016 turniridan keyingina "Barselona" safiga kelib qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Top