20:28 / 23.06.2015
3424

Namanganda "Yosh jurnalistlar" to‘garagi a'zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“Namangan yoshlar markazi” Namangan viloyat matubuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, “Namangan”nashriyoti davlat korxonasi xamkorligida 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni munasabati bilan  “Yosh jurnalistlar” to‘garagi a'zolarining tantanali taqdirlash marosimi  tashkil etildi.

     “Eng yosh to‘garak a'zosi” nominatsiyasi

     “Eng zukko to‘garak a'zosi” nominatsiyasi

     “Eng yaxshi tasvirchi” nominatsiyasi

     “Eng bilimdon to‘garak a'zosi” nominatsiyasi

     “Eng faol to‘garak a'zosi” nominatsiya

Mazkur nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlangan yoshlarga maxsus statuyetka hamda “Yosh jurnalistlar” to‘garagining ko‘krak nishonlari taqdim etildi. Taqdirlangan yoshlar orasida jurnalistika sohasiga qattiq mehr qo‘ygan Dilnora Usmonovaning quvonchlari cheksiz edi.

"Bugungi tadbir tashkilotchilariga o‘z minnaddorchiligimni bildirmoqchiman. Bugun biz yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan undan oqilona foydalanish esa o‘z qo‘limizda. O‘ylaymanki, bu bizning ilk yutug‘imiz emas. Oldinda bundan ham katta yutuqlar bizni qarshi olishga shay", – deydi biz bilan suhbatda Dilnora.

Bundan tashqari taqdirlash marosimida viloyatimizning hushovoz honandalari  va san'at ustalari tomonidan tayyorlangan dasturlar bayramni yanada fayzli o‘tishini ta'minladi. 

Top