19:11 / 23.06.2015
1940

O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha milliy hisobot taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Ekologiya haftaligi doirasida mahalliy mutaxassislar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha beshinchi milliy hisoboti” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Hujjat BMTning tegishli tashkilotlari ko‘magida tabiatni muhofaza qilish vazirligi tomonidan bioxilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirayotgan loyihasi doirasida tayyorlandi.

Loyiha rahbari Irina Bekmirzayeva UzReport agentligiga bergan intervyusida O‘zbekistonning tabiiy boyliklarini va bioxilma-xillikni saqlab qolish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. Jumladan, O‘zbekistonning noyob tabiata himoyaga muhtoj ekanligi, va bu ishni amalga oshirishda mamlakat katta imkoniyatlarga ega ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Top