Texnologiya | 19:03 / 23.06.2015
2146
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik dasturchilar Sloveniyada IT-kompaniya ochishdi

26 yoshli o‘zbekistonlik Shuhrat Shodibekov Sloveniyada veb-saytlar o‘rnatish va mobil dasturlar yaratish bilan shug‘ullanadigan kompaniyaga asos soldi.

Ayni paytda kompaniyada Toshkentdan 20 ta dasturchi ish olib bormoqda.

Toshkentdagi Vestminster universitetining biznes-infrormatika fakulteti bitiruvchisi Shuhrat Shodibekov Yevropada 7 yildan beri, o‘tgan yilning avgustidan esa Sloveniyada yashamoqda. Shuhrat bu yerda dasturlash sohasidagi biznesini kengaytirishga harakat qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish