11:45 / 23.06.2015
2314

Pokistonda issiqlikdan halok bo‘lganlar soni 470 kishiga yetdi

Pokistonning janubida havo haroratining oshib ketishi natijasida 470 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq halok bo‘lganlar soni 200 kishiga yetgani ma'lum qilingan edi.

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha mahalliy boshqarma vakili Said Mangnejoning so‘zlariga qaraganda, Karachi shahrining to‘rt yirik shifoxonasida 300 kishi olamdan o‘tdi. Halok bo‘lganlarning asosiy qismi 50 yoshdan oshganlar hisoblanadi.
Karachida havo harorati 45 darajadan oshib ketdi. Dushanba kuni yomg‘ir yog‘ishi natijasida issiqlik biroz tushgan, lekin undan keyin yana quyosh urishi holatlari kuzatildi.

Top