Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik 19 yoshli dizayner Janubiy Koreyada o‘quv markazi ochadi
19 yoshli dizayner Saidakrom Maxsumov “Tashabbus” respublika ko‘rik tanlovi viloyat bosqichida “Yilning eng yosh tadbirkori” yo‘nalishida g‘alaba qozondi.
Ta'kidlanishicha, Maxsumov milliy yo‘nalishdagi liboslar va aksessuarlar yaratish yo‘nalishida ishlaydi.
Telegraf.uz saytining xabar berishicha, yosh dizayner Janubiy Koreyada o‘quv markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda. U yerda xorijliklarga o‘zbek amaliy san'atini namoyish qilish ko‘zda tutilmoqda. Ta'kidlanishicha, bir guruh mahalliy tijoratchilar bu g‘oyaga mablag‘ tikishga tayyor.