16:46 / 23.06.2015
1989

Qirg‘izistonda bitiruvchilar ketayotgan mashina daraxtga urilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Qirg‘iziston janubidagi Jalolobod tumanida sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida ikkita o‘smir va o‘rta yoshli videooperator halok bo‘ldi. Bu haqda Olabuqa tuman IIBga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, dushanba kuni kechki payt yoshlar maktabni bitirganlarini nishonlash maqsadida Honda Odyssey minivenida tuman markaziga yo‘l olgan. Mashina salonida to‘qqiz kishi bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqarishi oqibatida ular daraxtga borib urilgan.
Halok bo‘lgan uch kishidan tashqari, besh nafar bitiruvchi va haydovchi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Top