11:52 / 23.06.2015
1400

Qozog‘iston Kaspiy dengizida favqulodda vaziyatlarda hamkorlik bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Kaspiy dengizidagi favqulodda vaziyatlarni ogohlantirish va bartaraf qilish sohasidagi hamkorlik haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga tayangan holda Novosti Kazaxstan agentligi axborot berdi.

Kelishuv dengiz hududidagi favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish va ularning oldini olishni nazarda tutadi.

Bunda hamkorlikning bir necha shakli nazarda tutiladi. Jumladan, halokatlardan ogohlantirish tizimini yaratish, favqulodda vaziyatlarni bashorat qilish va ularga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xavflardan ogohlantirish, kerakli choralarni ko‘rish imkonini beruvchi mexanizmlarni yaratish va hokazo.

Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytda yozma so‘rovnoma asosida chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilab berilgan.

Top