Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reper Pi Diddi o‘g‘lining futbol murabbiyi bilan mushtlashgani uchun hibsga olindi
Rep ijrochisi, Pi Diddi laqabi bilan mashhur bo‘lgan Shon Jon Koumz Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universitetida tahsil olayotgan o‘g‘lining futbol bo‘yicha murabbiyi bilan mushtlashgandan keyin hibsga olindi.
Futbol uchrashuvi paytida murabbiy repchining o‘g‘liga ovozini balandroq ko‘targani mushlashuvga sabab bo‘lgan.
OAVlarning yozishicha, 45 yoshli Pi Diddi mushtlashuv paytida tarozi toshidan foydalangan. Rep yulduzi bilan murabbiy yordamchisi o‘rtasidagi mushtlashuv universitetning xonalaridan birida sodir bo‘lgan.
Ayni damda Pi Diddi universitet kampusining qamoqxonasida ushlab turilgani aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, Pi Diddi AQShlik repchi va musiqa prodyuseri bo‘lib, Forbes va Time jurnallari talqini bo‘yicha xip-xop yo‘nalishidagi musiqa dunyosining eng nufuzli va badavlat kishilardan hisoblanadi.