Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:30 / 23.06.2015
1691
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Federal migratsiya xizmatida muxolif Navalniyga xorijiy pasport berish rad etilgani tasdiqlandi
Rossiya Federal migratsiya xizmatida muxolif Aleksey Navalniyga xorijiy pasport berish rad etilgani holati tasdiqlandi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.
FMX matbuot xizmatida Rossiya qonuniga ko‘ra, fuqaro jinoyat sodir etganlik uchun jazolangan bo‘lsa, u jazo tugallangunga qadar yoki jazodan ozod etilgunga qadar xorijga chiqishga rad javobini olishi mumkin.
Avvalroq Aleksey Navalniy o‘zining blogida unga xorijiy pasport berish rad etilganini ma'lum qilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish