Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQSh ularning chegarasi oldidagi manyovrlarni bas qilsagina yadroviy dasturni to‘xtatadi
Shimoliy Koreya AQSh ularning chegarasi oldidagi manyovrlarni bas qilsagina yadroviy dasturni to‘xtatadi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Ivan Melnikov KXDR parlamentariylari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng ma'lum qildi.
“KXDR tomonidan yadroviy dasturni to‘xtatish borasida tashabbuslar olg‘a surildi. Buning uchun, men ularning atamalarini ishlataman, AQSh KXDR chegaralari yaqinidagi provokatsion manyovrlarini to‘xtatishi talab qilinadi. Afsuski, hozircha AQSh bu taklifga rad javobini bergan”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.