Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada internetning ishlashida jiddiy muammolar kuzatilmoqda
KXDR hududida internet tarmog‘ining ishlashida jiddiy muammolar va uzilishlar kuzatilmoqda. TASS agentligining ma'lum qilishicha, dastlabki muammolar ikki hafta muqaddam aniqlangan, lekin ular hanuzgacha bartaraf qilinmagan.
Jumladan, guvohlik berilishicha, Xitoy Sinxua agentligining saytiga kirishga harakat qilinganida “Ogohlantirish! Qora ro‘yxatga kiritilgan!” yozuvi chiqmoqda. Mutaxassislar ko‘plab saytlar markaziy hokimiyat tomonidan blok qilinganini taxmin qilmoqda. Shuningdek, Yandex va Google qidiruv tizimlari, Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Twitter mikroblogining ishlashi sekinlashmoqda.
Chet elliklar telefonlari orqali internetga chiqa olmayapti. Ushbu xizmatlarni mamlakatdagi yagona 3G operatori bo‘lgan Koryolink provayderi ko‘rsatadi.