Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sinocot paxta sanoati qurilmalarini ishlab chiqaruvchi zavod quradi
Sinocot Tashkent Cotton Equipment O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi paxta tozalash sanoatiga xizmat ko‘rsatuvchi mashinasozlik zavodini bino etdi, deb xabar bermoqda "Gazeta.Uz".
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasining bergan ma'lumotlariga qaraganda, korxona Toshkent traktor zavodi bazasida qad ko‘taradi. Loyihaning birinchi bosqichida 3.5 mln dollar sarflanadi.
Aytilishicha, ayni kunlarda O‘zbekiston paxta tozalash korxonalarida Ukrainada ishlab chiqarilgan 236 dona iskanjalardan foydalanilmoqda, ularning aksriyati eskirgandir. Ularning barchasini almashtirish uchun 10 yil davomida ishlashga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda.
Qo‘shma korxonaning muassislari China Cotton Industries (Sinocot, 87.15 foiz) va “O‘zpaxtasanoat”dir (12.85 foiz).