09:57 / 23.06.2015
1688

Snoudenga Qozog‘iston jurnalistlar uyushmasining mukofoti taqdim etildi

AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden Qozog‘iston jurnalistlar uyushmasining mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi.

Snouden ushbu mukofotni “Jurnalistik tergov” yo‘nalishida oldi.

Qozog‘istonlik jurnalistlar Snoudenga ushbu faxrli mukofotni “maxsus xizmatlarning butun dunyo bo‘ylab aloqa tizimlarini ommaviy tarzda kuzatishi” haqidagi maxfiy ma'lumotlarni oshkor etgani uchun berishdi.

Top