00:18 / 23.06.2015
2431

Toshkentda AQSh elchisi bilan onlayn chatda eng yaxshi savol bergan uch nafar ishtirokchi sovg‘a oladi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen 24 iyunda 16:00 dan 17:00 gacha Facebook ijtimoiy tarmog‘ida onlayn chat olib boradi va uning yakunlariga ko‘ra uchta eng qiziqarli savolni tanlab, ularni e'lon qiladi.

AQSh elchixonasining rasmiy saytida xabar berilishicha, g‘oliblar 26 iyun kuni elchixonada sovg‘alar bilan taqdirlanadilar va elchi bilan birga suratga tushadilar.

Onlayn chat davomida AQSh elchisi AQShdagi an'analarga tegishli savollarga javob beradi. Spratlen bir odamdan faqatgina bir savolni qabul qiladi va viza olish bilan bog‘liq savollarga javob bermaydi. Savollarni uch tilda: o‘zbekcha, inglizcha ruschada berish mumkin bo‘ladi.

Xabarda savollarni hozirning o‘zidayoq Facebook'dagi postda berish mumkinligi aytilgan. Biroq elchi bu savollarga 24 iyunda ko‘rsatilgan vaqtda javob beradi.

Top