10:32 / 23.06.2015
1413

Toshkentda Uz domenining rivojlanishida yoshlar o‘rni muhokama qilindi

21 iyun kuni Toshkentdagi biznes markazida “Yoshlarning Uz domenini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tashkilotchilari “Kamolot” YoIH, Yoshlar tashabbuslari markazi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari bo‘ldi. Undan ko‘zlangan maqsad ichki internet maydonini yoshlar, ayniqsa oliygoh talabalari yordamida to‘ldirish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.

Davra suhbatida, shuningdek, yuqorida tilga olingan tashkilotlarning vakillari, OAV xodimlari, talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda ma'lum qilinishicha, bugungi kunda mamlakatda internetdan foydalanuvchilar soni 10.2 mln kishini tashkil qildi.

Talabalar bir qancha taqdimotlar o‘tkazib, internet tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarni ishtirokchilarga tanishtirib o‘tishdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tegishli xulosalar qilindi, tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Top