Jamiyat | 16:53 / 23.06.2015
4355
1 daqiqa o‘qiladi

"Ugandaning eng xunuk kishisi" oilasida sakkizinchi farzand tug‘ildi

"Ugandaning eng xunuk kishisi" maqomiga egalik qiladigan Godfri Baguma oilasida sakkizinchi farzand tug‘ildi. Bu haqda KFM xabar berdi.

Bagumaning avvalgi 7 nafar farzandi birinchi turmushida tug‘ilgan. U o‘zining birinchi rafiqasi bilan xiyonat qilgani uchun ajrashgan va 18 yoshli Keyt Namanda bilan tanishib, 2013 yilda ular nikohdan o‘tishgan.

Bagumaning sakkizinchi farzandi qizaloq ekani aytilgan.

Qayd etish joizki, Baguma jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi. U "Ugandaning eng xunuk kishisi" sifatida turli marosimlarga tashrif buyuradi. Baguma bunday yig‘ilishlar vaqtida odamlarning iltimosiga ko‘ra sahnaga chiqib, qo‘shiq ham kuylaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish