13:30 / 23.06.2015
4835

Urganch davlat universitetining rektori o‘zgardi

Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universitetining rektori o‘zgardi.

Ushbu lavozimga shu paytgacha fizika-matematika fakulteti dekani vazifasini bajarib kelgan Bahrom Abdullayev tayinlandi. Universitet saytida yozilishicha, 1968 yilda tug‘ilgan Bahrom Abdullayev 2009 yildan buyon Fizika—matematika fakulteti dekani sifatida ishlayotgan edi.

Rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlagan Ikrom Abdullayev o‘zi 2012 yildan buyon ishlab kelgan ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor vazifasiga qaytgan.

Top