Jamiyat | 11:42 / 23.06.2015
3199
2 daqiqa o‘qiladi

Vladivostokda o‘zbekistonlik muhojirga hujum qilgan "taqirboshlar" qamoq jazosiga tortildi

Vladivostokning 4 nafar vakili noslavyan ko‘rinishdagi fuqarolarga hujum qilgani va ulardan birini o‘ldirgani uchun jazoga tortildi.

“Vladivostok sudi muhojirlarga hujum qilgan jinoyatchilarni 4,5 yildan 6,5 yilgacha umumiy tartibdagi koloniyada ozodlikdan mahrum etish jazosiga tortdi”, deb aytdi sud vakili “Interfaks - Dalniy Vostok” agentligiga va hukm hali kuchga kirmaganini qo‘shimcha qildi.

Sud sudlanayotganlarning irqchilik va milliy adovat negizida hayotga suiqasd qilish, sog‘liqqa qasddan ziyon yetkazish, qotillikni amalga oshirishdagi ishtirokiga bog‘liq ravishda aybdor deb topdi.

O‘shanda hali balog‘atga yetmagan yosh jinoyatchilar o‘zlarining barcha jinoyatlarini Vladivostokda 2009 yilda amalga oshirishgan. Ekstremistik guruh a'zolari bo‘lgan o‘smirlar rus millatining boshqa millatlar ustunligi g‘oyalari bilan to‘lqinlanib, bir-birlari bilan fashistlarga xos tarzda so‘rashganlar, noslavyan ko‘rinishdagi shaxslarga hujum qilinishi tasvirlangan videoroliklarni tomosha qilishgan.

Ma'lum qilinishicha, 2009 yilning qishida jinoyatchilar O‘zbekiston fuqarosiga hujum uyushtirishgan. O‘zbekistonlik shaxs ko‘plab pichoq jarohatlari olishiga qaramay, baxtli tasodif tufayli tirik qolgan. Bu voqeadan 3 oy o‘tib, jinoyatchilar Vetnam fuqarosiga hujum qilib, uni pichoqlashgan. Oqibatda vetnamlik olingan jarohatlardan halok bo‘lgan.

Shu yilning avgust oyida jinoyatchilar irqchilik adovati bilan Qirg‘iziston fuqarosiga hujum qilib, uni qattiq do‘pposlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish