Jahon | 17:25 / 23.06.2015
1526
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Hindistondan keladigan ziyoratchilar uchun strategik chegara o‘tish yo‘li qayta tiklandi

XXR Hindistondan keladigan ziyoratchilar uchun Natu-la dovonidagi harakatni tikladi. U 40 yildan buyon yopiq turgan edi.
“Xuantsyu shibao” gazetasining yozishicha, 43 ziyoratchidan iborat birinchi guruh Tibetda joylashgan Kaylas tog‘i va Manasarovar ko‘liga yo‘l olgan.
Xitoyning Hindistondagi elchisi Le Yuychen yangilikni sharhlar ekan, bu XXR raisi Si Tszinpinning Hindistonga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida erishilgan asosiy yutuqlardan biri ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Natu-la dovoni Chomo uyezdi (Tibet muxtor tumani) va Hindistonning Sikkim shtati chegarasida, dengiz sathidan 4318 m balandlikda joylashgan. U chegara ixtilofidan so‘ng 1967 yili yopib qo‘yilgan edi. 2006 yilda savdo olib borish uchun dovondan o‘tishga qisman ruxsat berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish