16:11 / 24.06.2015
2534

AQSh elchisi Fransiya TIVga tushuntirish berish uchun chaqirildi

AQShning Fransiyadagi elchisi josuslik masalasi bo‘yicha janjallar sabab Fransiya tashqi ishlar vazirligiga tushuntirish berish uchun chaqirildi. Bunday qarorga mamlakat prezidenti Fransua Olland boshchiligidagi xavsizlik Kengashi yig‘ilishida kelingan, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.

«Bugun kunning ikkinchi yarmida elchini Fransiya TIV vaziri Loran Fabius kutib oladi», deyiladi telekanal xabarida.

Mazkur yangilik yuzasidan rasmiy xabar hozircha chiqarilmagan. Yaqin soatlar ichida mazkur xabar Hukumat tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

Top