Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya qirollik oilasi 2014 yili sayohatlarga 5.1 mln funt sterling sarfladi
Britaniya qirollik oilasi vakillari 2014 yili sayohatlarga 5.1 mln funt sterling sarfladi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri. Xususan, shahzoda Charlzning Lotin Amerikasiga sayohati uchun 500 ming funt sterling sarflandi. Taxt vorisi umumiy hisobda sayohatlarga o‘tgan yil davomida 1.5 mln funt sterling xarajat qildi. Bu 2013 yid ko‘rsatkichlariga nisbatan 14 foizga ko‘proqdir.
Shahzodaning Braziliyaga va Chiliga sayohatiga 100 ming funt ketdi.
Shahzoda Endryuning 2014 yil mayida Quvaytga va Yaqin Sharqqa uyushtirilgan safari uchun soliq to‘lovchilarning muvofiq ravishda 63 ming va 43 ming funt sterling pullari ketdi. Shahzoda sayohatlarni sevishi uchun Endryu Aviamili laqabini olgan.