Sport | 14:42 / 24.06.2015
1794
2 daqiqa o‘qiladi

Camvel Babayan: "Paxtakor"da tizim bor va u ishlashda davom etadi

23 iyun kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Paxtakor" va "Sho‘rtan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tishdi.

"G‘alaba va keyingi bosqichga chiqish uchun zarur bo‘lgan ishni amalga oshirdik. Kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan yigitlarga imkoniyat berdik. Futbolchilar baribir kuchni tejab harakat qilishdi. Shu sababli ikkinchi bo‘limda ba'zi xatolar yuzaga keldi. Bularni alohida ko‘rib chiqamiz. Lobanov tanaffusdan keyin bir qator holatlarda o‘zini ko‘rsatdi.

Terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishim men uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Bu men uchun katta faxr. "Paxtakor"da kim ishlashidan qat'i nazar tizim davom etishi kerak. Men shuni maqsad qilgandim. "Paxtakor" o‘zbek futbolining bayroqdori bo‘lib qolaveradi", deydi Samvel Babayan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish