Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:42 / 24.06.2015
2239
1 daqiqa o‘qiladi
Fox Sports jurnalisti "Barselona"ning Di Mariyaga qiziqayotgani yolg‘on ekanini ma'lum qildi
Fox Sports’ning argentinalik jurnalisti Kristian Martin “Barselona”ning “Manchester Yunayted” futbolchisi Anxel Di Mariyaga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini ma'lum qildi.
“Hozirgina Di Mariyaning agenti bilan gaplashdi. Barcha gaplar yolg‘on. Bu gaplar to‘liqligicha Sport.es nashri tomonidan o‘ylab topilgan”, – deb yozdi Martin o‘zining tvitter sahifasida.
Avvalroq, Sport.es nashri Di Mariya “MYu”ni tark etishni istayotgani hamda “Barselona” futbolchiga da'vogarlardan biri ekanini ma'lum qilgan edi.