12:52 / 24.06.2015
1636

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi feysbukda foydalanuvchilarning savollariga onlayn tarzda javob beradi

Shu yilning 1-3 iyul kunlari davomida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jak-Anri Els feysbuk orqali qiziquvchilarning Fransiya an'analari bo‘yicha savollariga onlayn tarzda javoblar qaytaradi. Bu haqda Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarda aytilishicha, elchi Fransiyaning ichki siyosati va tashqi siyosatda O‘zbekiston bilan munosabatlari haqidagi savollardan boshqa barcha savollarga javob berishga tayyorligini bildirgan.

Savollarni hozirning o‘zidayoq ushbu manzilda berishni boshlash mumkin.

Top