10:54 / 24.06.2015
3001

Frankfurt shahri London o‘rniga YeIning moliyaviy poytaxti bo‘lishi mumkin

Standard & Poor's (S&P) Xalqaro reyting agentligi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketgan taqdirda, London o‘rniga Yevropa Ittifoqining moliyaviy poytaxti deb atalishi mumkin bo‘lgan uch nomzod shahar nomini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

S&P ning prognoziga ko‘ra, YeIning moliyaviy poytaxti maqomini Frankfurt, Parij yoki Dublin shahri olishi mkumin.

Reyting agentligida ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi iqtisodiyotga investitsiyalarning kamayishi va biznesni yuritish uchun sarf-xarajatlarning oshishini keltirib chiqarib, natijada bir qator xorijiy kompaniyalar Londondan o‘z bizneslarining bir qismini olib chiqib ketishlariga olib keladi.

Avvalroq S&P Buyuk Britaniyani YeIdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazishi tufayli reytingini pasaytirgan edi.

Top