12:06 / 24.06.2015
2566

Janubiy Koreya mehmonxonalari o‘z mijozlariga aviachiptalar pulini to‘lab berishga tayyorligini ma'lum qildi

Janubiy Koreya mehmonxonalari mamlakatda MERS virusi epidemiyasi oqibatida tushib ketgan sayyohlik oqimini rag‘batlantirish maqsadida o‘z mijozlariga aviachiptalar pulini to‘lab berishga tayyorliklarini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Rossiya turoperatorlari uyushmasi.

Koreya sayyohlik milliy tashkiloti prognozlariga ko‘ra, iyun oyi yakunlariga ko‘ra mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga kamayib ketadi. O‘tgan yili shu davr ichida Koreyaga 1,26 mln sayyoh tashrif buyurgan.

Koreyada sayyohlik oqimining pasayishi oqibatida ko‘riladigan ziyon 900 mln dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga Janubiy Koreya hukumati sayyohlik oqimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaqin orada barcha sayyohlarga MERS’dan zararlanish xavfini bepul sug‘urtalashni taklif qilmoqda. Bu sug‘urta barcha tibbiy va transport xarajatlarini qoplaydi. Bundan tashqari, xorijiy mehmonlar muzey va shu kabi diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishganda bepul himoya vositalari: niqoblar, termometrlar, qo‘llarni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ta'minlanadi.

Top